Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash va boshqarish qoidalari. Amal qilish sanasi: 2026-09-05. Ro'yxatdan o'tish — ushbu siyosatga rozilik. Hujjat O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni (2019-yil, O'RQ-547) talablariga muvofiq tuzilgan.

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Ma'lumotQachonNima uchun
Ism, emailro'yxatdan o'tishdahisobni aniqlash, kirish, parolni tiklash, muhim xabarlar
Telefon raqamiro'yxatdan o'tishda yoki "Profil"da qo'shgandahisobni SMS kod bilan tasdiqlash va parolni tiklash kodini yuborish
Parolro'yxatdan o'tishdafaqat bcrypt xeshi saqlanadi — asl parol hech qayerda saqlanmaydi va tiklanmaydi
Google hisobi: ism, email va hisob identifikatori (ixtiyoriy)"Google orqali kirish" tugmasini bosgandahisobni ochish va unga kirish; shu emailli hisobingiz bo'lsa, Google hisobi unga bog'lanadi. Google'dan faqat shu uch ma'lumot olinadi — Google parolingiz bizga kelmaydi, pochta, kontaktlar va boshqa ma'lumotlar so'ralmaydi. Google bilan ochilgan hisobda parol saqlanmaydi (keyin o'zingiz o'rnatishingiz mumkin)
Sessiya identifikatori (cookie)kirgandahisobda qolish; httpOnly, faqat sayt uchun, 7 kun harakatsizlikdan keyin o'chadi
Anonim tashrif identifikatori (cookie cvid) va sahifadagi qadamlarbosh sahifa, ro'yxat va bepul mock sahifalari ochilgandabosh sahifa qanchalik yaxshi ishlayotganini o'lchash: qaysi bo'limgacha o'qilgani, qaysi tugma bosilgani, ro'yxatdan o'tilgani va bepul mock ochilgani. Ism, email, IP va qurilma ma'lumoti yozilmaydi. Ro'yxatdan o'tsangiz shu yozuvlar hisobingizga bog'lanadi; hisob o'chirilsa bog'liqlik uziladi, yozuvlar nomsiz qoladi
Bosh sahifa tezligi: yuklanish va javob vaqti, sahifa siljishi, telefon yoki kompyuter belgisibosh sahifadan chiqqandasahifa sekin ishlayotgan joyni topish. Cookie, hisob yoki boshqa yozuvlarga bog'lanmaydi — faqat umumiy statistika uchun
IP-manzil, brauzer turihar so'rovdaxavfsizlik (kirish urinishlari limiti, spamdan himoya), server loglari
O'quv faoliyatifoydalanish davomidadars natijalari, o'rganilgan so'zlar, test javoblari va ballar, streak, XP — progress va statistika uchun
Writing matnlari, Speaking yozuvlari transkriptiAI baholashdabaholash, izoh, xatolar tahlili; keyin natija "Xatolar daftari"da saqlanadi
AI Tutor va Grammar fix xabarlarifoydalangandajavob berish. AI yordamchi (Ellie) suhbati serverda 90 kun saqlanadi — boshqa qurilmadan kirsangiz ham ko'rinadi; "Tozalash" tugmasi bilan uni istalgan vaqtda o'chirasiz, 90 kundan keyin esa avtomatik o'chadi. Suhbatlaringiz asosida qisqa o'quv eslatmasi (ism va kontaktsiz, ~500 belgi) ham saqlanadi — u ham "Tozalash" bilan o'chadi
To'lov yozuvlariobuna sotib olishdaprovayder, summa, holat, chek raqami — buxgalteriya va nizolar uchun. Karta raqami saqlanmaydi.
Telegram ID (ixtiyoriy)botni ulagandaeslatmalar va kunlik so'z yuborish; istalgan vaqt uzish mumkin. Bepul AI sinovi ishlatilganda shu ID alohida jadvalda "sinov olingan" belgisi sifatida ham saqlanadi (bir Telegram — bir sinov); hisob o'chirilsa u ham o'chadi
Tanlangan sozlamalarfoydalangandatema, talaffuz tezligi, ochiq bo'limlar — faqat brauzeringizda (localStorage)
Push obunasi: qurilma endpoint'i va shifrlash kalitlaribildirishnomani yoqqandaeslatma va streak xabarlarini yuborish; hisob o'chirilsa birga o'chadi, bildirishnomani o'chirsangiz obuna ham uziladi
Bog'lanish formasi: ism, aloqa manzili, xabar matni, IPforma yuborilgandamurojaatga javob berish va spamdan himoya; xabar administratorlarning Telegramiga ham yuboriladi

Speaking haqida aniqlik: ovozingiz brauzerning nutq tanish xizmati (Web Speech API) orqali matnga o'giriladi. Bu xizmat ovozni brauzer ishlab chiqaruvchisining serveriga yuboradi — Chrome'da Google, Edge'da Microsoft, Safari'da (iPhone/iPad/Mac) Apple; bu bizning nazoratimizdan tashqarida va brauzeringiz sozlamalariga bog'liq (Safari'da "Siri va Diktovka" yoqiq bo'lishi kerak). Bizning serverimizga audio fayl umuman yuborilmaydi: faqat tanilgan matn, tanish ishonchi va nutq tezligi ko'rsatkichi keladi.

2. Ma'lumotlar kimga uzatiladi

Platforma shaxsiy ma'lumotlarni sotmaydi va reklama maqsadida bermaydi. Uzatish faqat xizmatni ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hajmda:

  • Anthropic (Claude API) — AI baholash, Grammar fix va AI Tutor uchun yuborilgan matnlar (esse, nutq transkripti, xabarlar). AI Tutor (yordamchi) javobni moslashi uchun xabar bilan birga suhbatning oxirgi xabarlari (serverdagi tarixdan) va o'quv ko'rsatkichlari ham yuboriladi: interfeys tili, daraja va maqsad, imtihon sanasi, streak va kunlik reja holati, tugallangan darslar va yodlangan so'zlar soni, oxirgi mock natijalari, zaif qismlar, oxirgi noto'g'ri javoblar (savol matni, sizning javobingiz va to'g'ri javob), hali yodlanmagan so'zlar, oxirgi Writing/Speaking AI bahosi (mezon ballari va xato iqtiboslari), obuna holati (o'qituvchi guruhidagi o'quvchi ekani ham) va yordamchi ochilgan sahifa manzili. Shuningdek, suhbatlaringiz asosida tuzilgan qisqa o'quv eslatmasi (ism va kontaktsiz) ham yuboriladi — bu eslatmani tuzish uchun suhbatning oxirgi xabarlari Anthropic'ka vaqti-vaqti bilan (odatda kuniga ko'pi bilan bir marta) alohida so'rov bilan jo'natiladi; "Tozalash" tugmasi bu eslatmani ham o'chiradi. Ism, email va telefon yuborilmaydi. Anthropic API shartlariga ko'ra bu ma'lumotlar model o'qitish uchun ishlatilmaydi.
  • Click, Payme — to'lov summasi, buyurtma raqami va chek uchun zarur ma'lumot. Karta rekvizitlari faqat provayder sahifasida kiritiladi.
  • Microsoft (Edge TTS) — so'z talaffuzi uchun faqat so'zning o'zi yuboriladi; foydalanuvchi bilan bog'lanmaydi.
  • Microsoft Azure Speech (talaffuz bahosi) — bu funksiya yoqilgan bo'lsa, Speaking javobingizning ovoz yozuvi baholash uchun Azure serveriga (Yevropa regioni) yuboriladi va u yerdan aniqlik, ravonlik hamda ohang ballari qaytadi. Yozuv bizning serverimizda saqlanmaydi — faqat ballar va so'zma-so'z tahlil saqlanadi; ekranda mikrofon yozuvidan oldin shu haqda ogohlantirish chiqadi. Funksiya o'chiq bo'lsa ovoz umuman yozilmaydi va hech qayerga yuborilmaydi. AI yordamchi (Ellie) bilan ham shunday: ovozli xabar yozsangiz, yozuv matnga o'girish va talaffuz bahosi uchun Azure'ga yuboriladi — yozuv ham, natija ham bizning serverimizda saqlanmaydi (faqat siz yuborgan xabar matni va uning ballari suhbat tarixida qoladi); birinchi yozuvdan oldin ogohlantirish chiqadi. Javobni ovozda tinglash (🔊) tugmasini bossangiz, javob matni ovozga aylantirish (Azure neural TTS) uchun Azure'ga yuboriladi; audio saqlanmaydi. Azure o'chiq bo'lsa javob brauzeringizning o'z ovozi bilan o'qiladi.
  • Telegram — ikki holatda: (a) siz botni ulaganingizda sizga eslatma va kunlik so'z yuborish uchun; (b) siz "Bog'lanish" formasini yuborganingizda xabaringiz (ism, aloqa manzili, matn) botni ulagan administratorlarga darhol yetkaziladi.
  • Google (Google orqali kirish) — faqat shu usulni o'zingiz tanlasangiz: kirish Google sahifasida amalga oshadi va Google sizning CEFR-TUTOR'ga kirganingizni hamda vaqtini biladi. Biz Google'ga o'quv faoliyatingiz, natijalaringiz yoki to'lovlaringiz haqida hech narsa yubormaymiz. Bog'lanishni Google hisobingiz sozlamalaridagi "Uchinchi tomon ilovalari" bo'limidan istalgan vaqt uzishingiz mumkin.
  • Telegram Gateway (Telegram Messenger Inc.) — hisobni yoki telefon raqamini tasdiqlash kodi avval Telegram orqali yuboriladi: telefon raqamingiz va kod Telegram Gateway xizmatiga uzatiladi. Raqamda Telegram bo'lmasa yoki xabar yetkazilmasa, kod SMS orqali (Eskiz) yuboriladi.
  • Eskiz (SMS xizmati) — parolni tiklash kodi yoki (Telegram orqali yetkazilmagan) tasdiqlash kodi SMS orqali yuborilganda telefon raqamingiz va xabar matni (kod) SMS'ni yetkazish uchun Eskiz xizmatiga uzatiladi.
  • Brauzeringizning nutq tanish xizmati — Speaking javoblarida ovoz Google (Chrome), Microsoft (Edge) yoki Apple (Safari — iPhone, iPad, Mac) serverida matnga o'giriladi. Bu bizning integratsiyamiz emas, brauzerning o'z imkoniyati; unga tegishli qoidalar brauzer ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
  • Push provayderlari (Google FCM, Mozilla, Apple) — bildirishnomani yoqqan bo'lsangiz, xabar brauzeringiz ishlab chiqaruvchisining push xizmati orqali yetkaziladi. Xabar matni shifrlangan holda ketadi, lekin provayder qurilmangiz endpoint'ini va yuborilish vaqtini ko'radi.
  • WWW.UZ (milliy reyting hisoblagichi, UZINFOCOM) — sahifa ochilganda hisoblagich rasmi www.uz serveridan yuklanadi; unga IP-manzil, brauzer turi, ekran o'lchami, ochilgan sahifa manzili va qaysi saytdan kelganingiz boradi. Bu statistika saytning umumiy tashrif soni uchun; hisobingiz, ismingiz yoki o'quv natijalaringiz yuborilmaydi, cookie qo'yilmaydi.
  • Hosting provayderi — server ijaraga olingan; ma'lumotlarga faqat Platforma ma'muri kiradi.
  • Qonun talabi bilan davlat organlariga — faqat qonunda belgilangan tartibda.

3. Qayerda va qancha saqlanadi

  • Ma'lumotlar Platformaning ijaraga olingan virtual serveridagi PostgreSQL bazasida saqlanadi; kirish faqat shifrlangan (HTTPS/TLS) aloqa orqali.
  • Hisob ma'lumotlari va o'quv natijalari — hisob mavjud bo'lguncha. Hisob o'chirilganda ular ham o'chadi.
  • AI yordamchi (Ellie) suhbati — har xabar 90 kun saqlanadi, keyin avtomatik o'chadi. "Tozalash" tugmasi butun suhbatni darhol o'chiradi; hisob o'chirilsa suhbat ham o'chadi. Suhbatdan tuzilgan qisqa o'quv eslatmasi (ism va kontaktsiz) "Tozalash" bilan yoki hisob o'chirilganda o'chadi.
  • To'lov yozuvlari hisob bilan birga o'chadi (baza sxemasida ular hisobga bog'langan). Ya'ni hisobni o'chirish to'lov tarixini ham yo'q qiladi — chek kerak bo'lsa oldindan saqlab qo'ying.
  • "Bog'lanish" formasi orqali yuborilgan xabarlar hisob o'chirilgandan keyin ham saqlanadi, lekin hisobingizga bog'lanmagan holda (ism va aloqa manzili siz yozganidek qoladi). Ularni ham o'chirishni so'rasangiz, alohida bajaramiz.
  • Server loglari (IP, so'rov vaqti, holat kodi) — hajm bo'yicha aylanadi: har xizmat uchun 10 MB dan 3 tagacha fayl, to'lgach eng eskisi o'chadi. Trafik hajmiga qarab bu odatda bir necha kun.
  • Zaxira nusxalar avtomatik emas — administrator qo'lda oladi (masalan yangilanishdan oldin) va serverda saqlaydi.

4. Xavfsizlik choralari

  • Barcha aloqa HTTPS orqali; sertifikat avtomatik yangilanadi.
  • Parollar bcrypt (12 raund) bilan xeshlanadi; sessiya tokenlari bazada faqat SHA-256 xesh ko'rinishida.
  • Bir vaqtda bitta faol sessiya (o'qituvchi hisobi — har manzilda bittadan); kirish urinishlari va ro'yxatdan o'tish soni cheklangan (brute-force himoyasi).
  • Ma'muriy panel alohida subdomenda, faqat administrator roli uchun. O'qituvchi kabineti alohida manzilda (teacher.cefr-tutor.uz), qidiruv tizimlariga yopiq; o'qituvchi faqat o'z o'quvchilari va guruh a'zolari ma'lumotlarini ko'radi (5-bo'lim).
  • Karta ma'lumotlari Platformada umuman saqlanmaydi.

Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas; ma'lumotlar sizib chiqishi aniqlansa, Platforma 72 soat ichida saytda ochiq e'lon beradi va Telegram bog'langan foydalanuvchilarga bot orqali xabar yuboradi. Platformada avtomatik email yuborish imkoniyati yo'q — barcha xabarlar sayt va Telegram orqali boradi.

5. Sizning huquqlaringiz

  • Ko'rish va tuzatish — ism, email va parolni "Profil" sahifasida o'zgartirasiz; progress va to'lovlar "Statistika" va "Obunam"da ko'rinadi.
  • Nusxa olish — ma'lumotlaringiz nusxasini so'rov bo'yicha administrator qo'lda tayyorlab beradi (10 ish kunigacha). Avtomatik yuklab olish tugmasi hozircha yo'q.
  • O'chirish — saytda "o'chirish" tugmasi yo'q: so'rovni "Bog'lanish" sahifasi yoki Telegram orqali yuborasiz, administrator qo'lda bajaradi (10 ish kunigacha). Faol obuna bo'lsa, undan voz kechish bilan. O'chirish qaytarilmaydi va to'lov tarixini ham yo'q qiladi.
  • Rozilikni qaytarib olish — Telegram botni uzish, Google hisobi bog'lanishini uzish, AI funksiyalaridan foydalanmaslik yoki hisobni o'chirish orqali.
  • Shikoyat — avval Platformaga, hal bo'lmasa vakolatli davlat organiga.
  • Kim ko'radi — administratordan tashqari, platformada o'qituvchi roli ham bor: u o'ziga yozgan o'quvchining ismini, emailini va yozishmalar matnini ko'radi. O'qituvchi to'lov ma'lumotlari va parolga kira olmaydi.
  • Ota-ona kabineti va hisoboti — Profil'da (yoki hisobingizni yaratgan o'qituvchi) bir martalik ulash kodi olinib, ota-ona uni ota-ona sahifasida kiritsa, u alohida sahifada istalgan payt ko'radi: ismingiz, faol kunlar, streak, dars, so'z va testlar soni, mock natijalari (ball va daraja), o'qituvchi testlari natijasi (foizda), maqsad darajangiz va imtihongacha qolgan kunlar. Xohlasa Telegram'da har dushanba qisqa hisobot ham oladi. Javoblaringiz matni, email, telefon va to'lov ma'lumotlari ko'rsatilmaydi va yuborilmaydi. Kod bir marta ishlaydi va 30 daqiqa amal qiladi. Ulanish ota-onaniki: uni ota-ona o'z sahifasida uzadi (Telegram hisobotini /stop bilan), siz Profil'da ulanganlar ro'yxatini ko'rasiz. Kodni faqat ota-onangizga bering; begona odam ulangan bo'lsa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — ulanish o'chiriladi.
  • O'qituvchiga savol — "O'qituvchimdan so'rash" orqali yozgan xabarlaringizni faqat o'sha o'qituvchi ko'radi.
  • Natija havolasi — mock natijasini "Ulashish"/"Havola" tugmasi bilan ochiq havola qilsangiz, havolani bilgan har kim faqat ismingizni (familiyasiz), darajani, ballni va sanani ko'radi; javoblar, email va boshqa ma'lumotlar chiqmaydi. Havola faqat siz yaratganingizda paydo bo'ladi; o'chirish uchun "Bog'lanish" orqali murojaat qilasiz.
  • O'qituvchi yaratgan hisob — login va parolingizni o'qituvchi yaratgan bo'lsa, hisobni u boshqaradi: ismingiz, familiyangiz, telefon (kiritilgan bo'lsa), darajangiz, faolligingiz, barcha dars, lug'at, mashq va test natijalaringiz hamda javoblaringiz matni unga ko'rinadi; u ballni izoh bilan tuzatishi, parolingizni yangilashi, sizni boshqa guruhga ko'chirishi va hisobni o'chirishi mumkin. Guruhdoshlaringiz faqat ismingiz va guruh reytingidagi umumiy ko'rsatkichlarni ko'radi. To'lov ma'lumotlaringiz o'qituvchiga ko'rinmaydi.
  • Sinf guruhi — o'qituvchi bergan kod bilan guruhga qo'shilsangiz, o'sha o'qituvchi sizning ismingiz, emailingiz, darajangiz, streak va faolligingiz, dars/so'z hisoblari hamda to'liq mock natijalaringizni (ball va daraja) ko'radi va guruhga e'lon yubora oladi. O'qituvchi tuzgan testlarni ishlasangiz, shu testlardagi javoblaringiz matni va natijasi unga ko'rinadi, u ballni izoh bilan qo'yadi yoki tuzatadi. Platformadagi mock va mashqlardagi javoblaringiz matni, to'lov ma'lumotlaringiz va paroliningiz unga ko'rinmaydi. Guruhdan istalgan paytda Profil sahifasida chiqasiz — shundan keyin o'qituvchi ma'lumotlaringizni ko'rmaydi.

6. Cookie va lokal saqlash

Platforma ikkita cookie ishlatadi: sid (sessiya, httpOnly; cefr-tutor.uz va teacher.cefr-tutor.uz da alohida) va cvid — o'zimizning anonim tashrif hisoblagichi uchun tasodifiy raqam (1 yil, faqat shu sayt; nimalar yozilishi 1-bo'limda). Reklama cookie'lari va Google Analytics kabi kuzatuv xizmatlari yo'q (2-bo'limdagi WWW.UZ hisoblagichi cookie qo'ymaydi). Brauzer localStorage'ida sozlamalar, yakunlanmagan test javoblari va interfeys uchun profil keshi (ism, email, rol, obuna muddati) saqlanadi — bular serverga yuborilmaydi va brauzer ma'lumotlarini tozalaganda o'chadi. AI yordamchi suhbatining oxirgi xabarlari ham internet bo'lmaganda ko'rinishi uchun shu yerda nusxa sifatida turadi (asl suhbat serverda, 1-bo'lim).

7. Bolalar ma'lumotlari

Platforma 14 yoshdan boshlab mo'ljallangan. 14 yoshga to'lmagan foydalanuvchi ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan ro'yxatdan o'tadi; ota-ona so'rovi bo'yicha bolaning hisobi va ma'lumotlari o'chiriladi.

8. O'zgarishlar va aloqa

Siyosat o'zgarganda yangi tahrir shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi; muhim o'zgarishlar haqida sayt ichida va Telegram bog'langan bo'lsa bot orqali xabar beriladi.

Ma'lumotlar bo'yicha so'rovlar: sayt ichidagi "Bog'lanish" sahifasi. Ma'lumotlar operatori: CEFR-TUTOR (cefr-tutor.uz), O'zbekiston Respublikasi.

Shuningdek qarang: Ommaviy oferta · Obuna shartlari va limitlar · Bog'lanish